
Sher Mamazulunovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
K-1 bo‘yicha yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan vakili, MDH mamlakatlarida “Alligator” nomi bilan mashhur Sher Mamazulunovning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
Xabaringiz bor, hamyurtimiz so‘ngi jangini Toshkentda “Toshkent Open” turniri doirasida o‘tkazgan va unga turkiyalik Batuxan Demir raqiblik qilgandi. Mamazulunov ushbu jangni muddatidan avval texnik nokaut bilan o‘z foydasiga hal qilgan.
Navbatdagi jangini Ekaterinburgda 6 mart kuni RCC promousheni tomonidan tashkil qilingan turnirda o‘tkazadi. Dastlab, u chexiyalik raqib bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq, bunga o‘zgartirish kiritildi va tez orada yangi raqibi ma’lum bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar