Shayxlar Salohni tashlab qo‘ymaydi! Besh badavlat klub to‘purarni chorlamoqda

  • 10 dekabr, 22:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh murakkab davrlarni boshdan o‘tkazmoqda. Misrlik futbolchi bosh murabbiy Arne Slotni ochiqcha tanqid qilganidan keyin klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

Tabiiyki, Muhammad Saloh darajasidagi charm to‘p ustasi e’tiborsiz va ishsiz qolmaydi. Unga Evropaning bir qator klublaridan chorlovlar bo‘lyapti.

Biroq Saudiya Arabistonining badavlat klublari ham uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.  

The Telegraph nashrining yozishicha, “An-Nasr”, “Al-Hilol”, “Al-Ittifoq”, “Al-Ahli” va “Al-Qodisiya” kabi Saudiya grandlari 33 yoshli hujumchini o‘z safiga chorlamoqda va hamkorlik o‘rnatishni istayapti. Bu klublar masalani yanvar oyidayoq hal qilmoqchi.

Manbaga ko‘ra, bu klublar Muhammad Salohning o‘yin sifatlaridan tashqari, musulmon futbolchi bo‘lgani uchun ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga bel bog‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!