"Shaxtyor" ustozi Yaxshiboev haqida nimalar dedi?

  • 12 iyul, 2020, 10:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Belarus chempionatida 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev faoliyat olib boradigan "Shaxtyor" Soligorsk" jamoasi o‘z maydonida "Gorodeya"ni qabul qildi va 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Jasur 46-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va 82-daqiqada raqib darvozasiga gol kiritib, yangi jamoasidagi debyutini muvaffaqiyatli boshladi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "konchilar" ustozi Yuriy Vernidub hamyurtimiz haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Artyom Aripov va Yaxshiboev bugun debyut qildi. Men bu futbolchilar jamoamiz a’zolari ekanligidan juda ham xursandman. Hujum chizig‘imizni ancha kuchaytirib oldik. O‘ylashimcha, har bir murabbiy bunday kuchayishni istagan bo‘lar edi", - dedi Vernidub.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!