
"Shaxtyor" himoyachisi "Barsa" va "Manchester Yunayted"ning radariga tushdi
Ukraina terma jamoasi va "Shaxtyor"ning o‘sib borayotgan yulduzi Georgiy Sudakovga nisbatan transfer bozorida katta qiziqish bo‘lmoqda. Bu haqda "Tuttojuve" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi uchun Evropa futbolining bir qancha gigantlari da’vogarlik qilmoqda. Sudakovni Kataloniyaning "Barselona", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va Turinning "Yuventus" klublari faol kuzatib bormoqda.
"Transfermarkt" portali yarim himoyachini 15 million evroga baholamoqda. Uning "Shaxtyor" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar