
Shaxmat. O‘smirlarimiz jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashdi!
14–24 sentyabr kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida karlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada jami 5 ta mamlakatdan eng kuchli shaxmatchilar ishtirok etdi. Yakunda esa O‘zbekiston kar o‘smirlar terma jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada terma jamoamiz sharafini Kamron Davronbekov, Abdulaziz Bahodirov hamda Azamat Shoniyozov himoya qildi.
O‘smirlarimiz juftlikda quyida natijani qo‘lga kiritishdi:
O‘zbekiston 1.0 – 1.0 Ukraina 1
Qozog‘iston 1.0 – 1.0 O‘zbekiston
O‘zbekiston 0.0 – 2.0 Eron
Ukraina 2 0.5 – 1.5 O‘zbekiston
Ukraina 1 1.0 – 1.0 O‘zbekiston
O‘zbekiston 1.5 – 0.5 Qozog‘iston
Eron 1.5 – 0.5 O‘zbekiston
O‘zbekiston 1.5 – 0.5 Ukraina 2
Nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Fikrlar