Shaxmat Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz 600 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi (foto)

  • 9 avgust, 2022, 15:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-347-sonli qarorni imzoladi.

Tecno

Unga ko‘ra, har 2 yilda 1 marotaba o‘tkazilinadigan nufuzli musobaqa Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchimiz 600, kumush medal sohibi 300 hamda bronza medali egasi 150 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ularning murabbiylari ham pul mukofotiga ega bo‘ladi. 

Ya’ni, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboev, Shamsiddin Vohidov hamda Jahongir Vohidovning har biri alohida taqdirlanadi. Shaxmatchilarimizdan keyingi nufuzli turnirlarda ham shunday g‘alabalar kutib qolamiz!

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sa’dullaev o‘zining "Tvitter"dagi sahifasi orqali qarorning bir qismiga tushuntirish berib o‘tdi.

shaxmat priz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!