Shaxmat bo‘yicha jahon kubogida ishtirokini davom ettiradigan yagona vakilimiz Javohir Sindarov 3-tur bahslarini boshlaydi 

  • 5 avgust, 2023, 10:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
 
Kecha o‘tkaziladigan 2-turning tay-brek bellashuvlarida hamyurtimiz  Javohir Sindarov avstriyalik Markus Raggerni mag‘lub etib, 3-davraga yo‘l oldi. Nodirbek Yakubboev vengriyalik Benjamin Greduraga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 
 
Bugun, 5 avgust kuni o‘tkaziladigan 3-raund bahslarida Sindarov frantsiyalik kuchli shaxmatchi Maksim Vashega qarshi ilk partiyani o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!