Sharofiddin Lutfullaev olimpiada reytingida peshqadamga aylandi

  • 4 sentabr, 2019, 13:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 31 avgust kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bahslari yakuniga etdi.

Tecno

Xalqaro dzyudo federatsiyasi ushbu musobaqadan keyin yangi olimpiada reytingini e’lon qildi. Biz uchun quvonarlisi, 60 kg.gacha vazn toifasida jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullaev to‘rtinchi pog‘onadan birvarakayiga reyting peshqadamiga aylandi. Endilikda surxondaryolik polvon hisobida 3 607 ochko bor. Bu haqda sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan 3 510 ochko bilan jahon chempionatining bronza medali sovrindori qozog‘istonlik Eldos Smetov joy olgan. Amaldagi jahon chempioni gruziyalik Lukxumi Chxvimiani esa 3 386 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasab bergan.

Umid qilamizki Sharofiddin Lutfullaev reytingdagi peshqadamlik mavqeini endi Tokio olimpiadasiga qadar boy bermaydi va to‘rt yillikning eng nufuzli anjumanida ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!