"Sharja" Otabek Shukurov bilan yangi shartnoma imzoladi

  • 20 avgust, 2021, 11:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sharja" yarim himoyachi Otabek Shukurov bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati e’lon qildi.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, sharjaliklar legionerimiz bilan bitimni 2023 yilgacha uzaytirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yil oxirigacha mo‘ljallangan edi.

Shukurov 2018 yil "Bunyodkor"dan "Sharja" safiga ko‘chib o‘tgan. Futbolchi jami 71ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan hamda 5ta golga assistentlik qilgan.

Avvalroq, matbuotda Shukurov jamoasini o‘zgartirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!