Shahzod Sultonov jang qiluvchi "Kenjayev PL- 3" turnirining yangi sanasi ma’lum!

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 17 sentyabr kuni Andijon viloyatining Poytug‘ shaharchasida Kenjayev_Professional_Liga navbatdagi 3-turnirini o‘tkazishi lozim edi.

Tecno

Biroq, Andijon viloyati xafsizlik xizmati xodimlari Samarqanda o‘tgan ShHT samitidan qaytib kelishga ulgurmagani sababli ushbu jang oqshomi qoldirilgandi. Mazkur liga rahbari Jahongir Kenjaevning saytimizga ma’lum qilishicha, turnir 26 sentyabr kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi. 

Ma’lumki, jang kechasining markaziy janglarida taniqli aktyor Shahzod Sultonov ham ringga ko‘tariladi. 

Eslatib o‘tamiz, turnir Sports.uz Youtube kanalida jonli ravishda translyatsiya qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!