
Shahram G‘iyosov Abdumalik Halakovni unga o‘xshatilayotgani haqida nima dedi?
Havaskor boksda jahon chempioni bo‘lgan Shahram G‘iyosov saytimizga bergan intervyusida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan Abdumalik Halakov haqida gapirdi.
"Halakovni nimaga maqtayman? Uni mehnatsevarligi uchun maqtayman. Uning ko‘zida "olov" borligini ko‘raman, yonib turadi. Men shu akalarimdan ham yaxshiroq bo‘laman, degan narsani ko‘raman.
Unda o‘zining juda ham chiroyli yo‘nalishi bor, bizning o‘xshashligimiz shundaki, ringda shou ko‘rsata olamiz. U ham men kabi mazza qilib jang qiladi, boksdan zavq oladi va boksni san’at darajasiga chiqaradi. Aynan, shuning uchun bizni bir-birimizga o‘xshatishadi, deb o‘ylayman. Halakov hali bizdan ham yaxshiroq bo‘lib ketadi," - dedi G‘iyosov.
Fikrlar