
Shahjahon Ergashevning raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Hamyurtimiz Shohjahon Ergashev 2020 yil 10 yanvarda AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Uning raqibi, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan WBA reytingida kuchli 15 talikda qayd etilgan, 11 ta jangning barchasida g‘alabaga erishgan, AQShlik Kit Hanter bo‘ladi. Jang 12 raundan iborat bo‘ladi. O‘z o‘rnida jang g‘olibi hozirda Mario Barriosga tegishli WBA regulyar kamari uchun da’vogarga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz: Xanter boshqa bir hamyurtimiz Sanjar Raxmonovni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar