
Shahboz Umarovning jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Bugun Belarus kubogida chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE jamoasi mazkur bosqichda "Vitebsk" klubiga qarshi bahs olib bordi.
"Minsk" stadionida kechgan uchrashuvda borisovliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Umarov 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va maydonda faol harakat qildi.
Belarus kubogi. Chorak final. Birinchi o‘yin
BATE - "Vitebsk" 2:1.
Fikrlar