
Shahboz Umarov o‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazildimi? BATE murabbiyi javob berdi
Avvalroq, BATEning o‘zbekistonlik legioneri Shahboz Umarov o‘rtoqlik uchrashuvlarining birida yangi bosh murabbiy Aleksandr Mixaylov bilan tortishib qolgani uchun asosiy tarkibdan cheltatilib, o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Superkubok doirasidagi "Shaxtyor"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida shu haqda savol berildi. Klub bosh murabbiyi quyidagicha javob berdi:
Birinchidan, futbolchi o‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazilmadi. Bunday ma’lumotlar qaerdan paydo bo‘ldi bilmadim. Ikkinchidan, u bugungi o‘yin qaydnomasida yo‘q edi. U asosiy jamoa bilan. Bu savolga bundan boshqa narsa deya olmayman", - dedi murabbiy.
Fikrlar