
Shahboz Umarov BATE safida supergol kiritdi (video)
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan BATE jamoasi bugun “Isloch”ga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Minsk shahrida o‘tgan bellashuvda borisovliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
BATE safida hamyurtimiz Shahboz Umarov ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va 89-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.
Fikrlar