Serxio Ramosga Angliyadan jamoa topildi
Jahon futbolida o‘ziga yarasha iz qoldirgan Serxio Ramos Meksikaning “Monterrey” klubi bilan xayrlashganidan keyin o‘zi uchun yangi, muhim bosqichga qadam qo‘ymoqda.
Ramos yoshi 39 daligiga qaramay, hamon maydonda javlon urishga, yangi loyihaga qo‘shilish va oxir-oqibat Ispaniya terma jamoasi e’tiborini qozonib, jahon chempionatida qatnashishga orzumand.
Cadena SER ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Ramos bilan hamkorlik qilmoqchi va tajribali markaziy himoyachiga yangi yil boshida shartnoma taklif qilgan.
Bu taklif Serxio Ramosga yana Evropa elitasiga qaytish imkoniyatini beradi. Katta chaqiriqlarga o‘rganib qolgan futbolchi uchun Premer-liga kabi murakkab chempionatda o‘ynash imkoniyati qo‘shimcha motivatsiya hisoblanadi.
Aslida “Manchester Yunayted”ning Ramosga qiziqishi unchalik ajablanarli emas, klubda hozirda himoyani zudlik bilan kuchaytirish zarurati bor. Ularga tajriba, taktik fikrlash va etakchilik qobiliyatiga ega futbolchilar kerak. Serxio Ramosda bu sifatlarning barchasi mavjud. U hal qiluvchi o‘yinlarda ulkan tajriba to‘plagan va uning kelishi himoya chizig‘ini barqarorlashtirishi, keskin bosim ostida ham osoyishtalik yaratishi mumkin.
Premer-ligada mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan o‘yinchiga katta qiymat beriladi. Ramos esa yillar davomida shunday bosimli vaziyatlarda o‘zini ko‘p marta namoyon qilgan.



Fikrlar