Serxio Ramos hamma bilan xayrlashdi
Meksikaning “Monterrey” jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Meksika ligasi Aperturasi yarim final javob o‘yinida “Toluka”dan 2:3 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan keyin bu klubdan ketishga qarorini e’lon qildi.
- Shunisi aniqki, bu mening Meksikadagi oxirgi o‘yinim edi. Mag‘lubiyatdan biz xafamiz, lekin vijdonimiz pok — maydonda bor kuchimizni berdik.
Xulosa chiqarish, qayta tiklanish va bu ham futbolning bir qismi ekanini qabul qilish kerak.
Eng katta dard — muxlislarga yana bir finalni in’om eta olmaganimiz, chunki ular bunga hammadan ko‘proq loyiq edilar. Doimiy qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Olg‘a, “Monterrey”, - deb yozdi Ramos ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Javob uchrashuvida “Monterrey” raqibga imkoniyatni boy berganidan keyin birinchi o‘yindagi minimal hisobdagi g‘alaba o‘z kuchini yo‘qotdi va bu Serxio Ramos jamoasining keyingi bosqichga chiqishiga imkon bermadi. Meksikaning amaldagi chempioni “Toluka” umumiy hisobda finalga chiqdi va hal qiluvchi bahsda “Tigres”ga qarshi bahs olib boradi.



Fikrlar