Serxio Ramos APLga keladimi?

  • 12 dekabr, 19:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkinligi haqida gaplarga javob berildi. 

Tecno

Yaqinda Meksikaning "Monterrey" klubini erkin agent sifatida tark etadigan Ramos ayni vaqtda o‘ziga klub izlamoqda. Ispaniyalik himoyachining xizmatlariga "qizil iblislar" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. "ESPN" bergan xabarlarga ko‘ra, MYu rahbariyati futbolchini sotib olish istagi yo‘q ekanini ma’lum qilgan. Futbolchining Meksika klubi bilan amaldagi shartnomasi shu oy oxirida yakuniga etadi. 

Ma’lumot uchun, 39 yoshli futbolchi shu kungacha, "Sevilya", "Real Madrid" va PSJ klublarida to‘r tepishga ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!