
Sergey Yuran O‘zbekistonda ishlashga taraddud ko‘ryaptimi? U SPORTS.UZ sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi
SPORTS.UZ sayti xorijlik taniqli mutaxassislar bilan eksklyuziv suhbatlarni siz aziz muxlislar uchun taqdim etishda davom etadi.
Rossiyalik futbol yulduzlaridan biri – Sergey Yuranni yaxshi bilasiz-a? Oxirgi paytlarda ushbu mutaxassisning bildirayotgan fikrlari bevosita bizning futbolimizga ham taalluqli bo‘lib kelmoqda.
Bungacha qator rossiyalik taniqli mutaxassislar bilan eksklyuziv suhbatlar uyushtirgan saytimiz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev bu safar aynan Yuranni intervyuga ko‘ndirishga erishdi.
“Ximki” klubining sobiq bosh murabbiyi ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekistonda ishlashga ham taraddud ko‘rayotgandek. Har qalay suhbatda Superligadan takliflar borligini yashirmadi. Lekin oldindan qandaydir xulosa chiqarishga erta. Chunki uning o‘ziga yarasha narxi bor va aslo arzon emas.
Sergey Yuran Sports.uz sayti uchun bir qator muhim va qiziqarli fikrlarini bildirdi. Tez orada mazkur suhbat hukmingizga havola etiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Fikrlar