Sergey Kovalyov Bektemir Meliqo‘ziev bilan jang borasida o‘z fikrini bildirdi

  • 18 dekabr, 2020, 15:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempion Sergey Kovalyov 30 yanvar kuni Moskvada Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori Bektemir Meliqo‘ziev bilan jang qiladi.

Tecno

 “Uzoq tanaffusdan so‘ng, jahon chempionligini qaytarish yo‘lini boshlaganimdan xursandman. Jang Rossiyada bo‘lib o‘tishi menga ko‘proq turtki va kuch bag‘ishlaydi. Men hamyurtlarimni chiroyli g‘alaba bilan xursand qilmoqchiman”, - dedi Kovalyov.

Eslatib o‘tamiz, Kovalyov 2019 yil noyabr oyida Saul Alvaresga yutqazib, WBO chempionligidan  mahrum bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!