
Sergey Fomin Qozog‘istondagi turnir chempioniga aylandi
Qozog‘iston kortlari mezbonlik qilgan ITF tasnifiga kiruvchi turnirning erkaklar bahslarida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda tennis bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi vakili Sergey Fomin mezbonlar sharafini himoya qilgan Beybit Jukaevga qarshi bahs olib bordi. Teng kurashlar ostida kechgan bellashuvning ilk setini Fomin o‘z foydasiga hal etdi. Jukaev hisobni tenglashtirgan bo‘lsa-da, Sergey baribir g‘alabani o‘ziniki qildi. Yakuniy hisob - 6:4, 2:6, 6:4.
Mazkur titul bilan hamyurtimizni tabriklaymiz!
Fikrlar