
Sergeevning dubli "Paxtakor"ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (video)
Hozirgina OChL-2020 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Shahr Xodro" uchrashuvi o‘tkazildi.
Birinchi taymda "sherlar" juda qiynalishdi va e’tiborni tortadigan xavfli vaziyat yarata olishmadi. Tanaffusdan so‘ng Shota Arveladzedan ko‘rsatmalar olib tushgan toshkentliklar Igor Sergeevning dubli va Sherzod A’zamovning goli evaziga OChL debyutantini mag‘lubiyatga uchratishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Shu tariqa, "Paxtakor" OChL 2-turidan keyin 6 ochko jamg‘arib, yo‘qotishsiz yurishini davom ettirmoqda.
Fikrlar