Senga hali bor! Mbappe olgan 10-raqamga boshqa futbolchi da’vo qilgani ma’lum bo‘ldi

  • 25 iyul, 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” jamoasida muhim hisoblangan 10-raqam egasi almashdi. Uzoq yillar bu raqam ostida to‘p tepgan Luka Modrich Madridni tark etdi.

Tecno

Shundan so‘ng, 10-raqam Kilian Mbappega topshirildi. Frantsiyalik to‘purar debyut mavsumini 9-raqamda o‘tkazdi.

Transfer News Live va Marca kabi nufuzli manbalarning ma’lum qilishicha, Modrichdan bo‘shagan 10-raqamga turkiyalik legioner Arda Gyuler da’vogarlik qilgan. Biroq klub mutasaddilari uni jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanib borayotgan Mbappega topshirishni ma’qul ko‘rgan.

“Qirollik klubi” Kilian Mbappega bu raqamni topshirish orqali futbolkalar sotuvidan mo‘may daromad olishni ko‘zlagani ham aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!