
Sendaqalarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q! Luis Enriki PSJ yulduzini haydashdan oldin shunday dedi
Yozgi transferlar vaqtida PSJ rahbariyati jamoaga bosh murabbiy sifatida ispaniyalik mutaxassis Luis Enrikeni olib keldi.
Tajribali mutaxassis ishni jamoani tozalashdan boshladi. Xususan, yangi bosh murabbiy bosimi ostida Parij klubida 11 yil o‘ynagan Marko Verratti ham jamoadan ketdi.
Le Parisien nashrining yozishicha, Luis Enrike Marko Verrattiga yuzlanib “Sen ko‘rganim ko‘zim yo‘q futbolchilar toifasidansan”, degan.
Ispaniyalik murabbiy italiyalik yarim himoyachining o‘yin uslubini yoqtirishi lekin Verrattining hayot tarzi talab javob bermasligi sababli shu fikrlarni aytgan.
Buning oqibatida Marko Verratti yozda 45 million evro evaziga Qatarning “Al-Arabi” jamoasiga o‘tib ketdi.
Fikrlar