
Semedu "Barselona"dan ketmoqchi
"Barselona" klubi himoyachisi Nelson Semedu jamoadan ketishga yaqin turibdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli portugaliyalik futbolchi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylay boshlagan. Ta’kidlash kerakki, Semedu joriy mavsum kataloniyaliklar safida bor yo‘g‘i 42% o‘yinlarda maydonda harakat qilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda unga Angliya va Italiya klublaridan jiddiy takliflar mavjud. Ular Semedu uchun “Barselona”ga 35 mln evro to‘lashga tayyor.
Fikrlar