Savichga A Seriyaning grandlari da’vogar

  • 4 oktabr, 2022, 18:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Rimning "Latsio" klubi yulduzi Sergey Milinkovich-Savich A Seriyaning boshqa klubi safiga o‘tishi mumkin. "Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli serbiyalik futbolchining transferiga A Seriyaning top klublari qiziqish bildirmoqda.
 
Sergey kuchliroq klubdan taklif olish uchun 2022 yilgi jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatishni kutilmoqda. Milinkovich-Savich "Latsio" bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
 
Italiya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi sakkizta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!