
Sautgeyt Angliyaning yosh yulduzlarini o‘yindan chetlatdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ertaga Uels terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda hujumchi Temmi Abraxam, himoyachi Ben Chiluell va yarim himoyachi Jeydon Sanchoni o‘ynatishdan voz kechdi.
Bunga uchala futbolchi pandemiya vaqtida intizomni buzib, Abraxamning tug‘ilgan kunini nishonlagani sabab bo‘ldi. Futbolchilar jamoa rahbariyatidan uzr so‘ragan.
- Men uyga kelganimda oilamdagilar yaqin do‘stlarimni mehmonga chaqirib, enga syurpriz tayyorlaganiga guvoh bo‘ldim. To‘g‘risi, ularning bu niyatidan bexabar edim. Men qoidalarga amal qilishim kerakligini yaxshi bilaman. Bo‘lgan voqeadan qattiq afsusdaman, - dedi Abraxam.
Avvalroq, Angliya terma jamoasining ikki futbolchisi Fil Foden va Meyson Grinvud mehmonxonaga qizlarni taklif qilib, karantin talablari va intizomni buzgan edi.
Ayni paytda Abraxam, Sancho va Chiluellning Millatlar ligasi turniri doirasida 11 oktyabr kuni Belgiya va 14 oktyabrda Daniyaga qarshi o‘tkaziladigan uy uchrashuvlaridagi ishtiroki ham so‘roq ostida turibdi.
Fikrlar