
Saudiyaliklar Messini kutyapti
Saudiya Arabistoni ligasi texnik direktori Maykl Emenalo “Inter Mayami” yulduzi Lionel Messining bu mamlakatga kelishi haqida fikr bildirdi.
- Lionel Messining nega MLSni tanlagani menda javob yo‘q masalalardan biri. Keyingi mavsumda Leo bizning ligaga keladigan bo‘lsa, uni kutib olishdan baxtiyor bo‘lardik.
Agar u MLSda qolishni ixtiyor etsa ham, uning uchun xursandmiz.
Saudiya professional ligasi bu erga kelishni istagan har qanday superyulduz uchun ochiq, - dedi Maykl Emenalo.
Yaqinda Lionel Messi PSJ bilan shartnomasi tugaganidan keyin faoliyatini davom ettirish uchun Saudiya Arabistoni varianti ham bo‘lganini tan olgan va bu ligani maqtagan edi.
Fikrlar