Saudiyaliklar jahon chempionati yarim finaliga chiqish uchun 200 million evro beradi

  • 4 mart, 05:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, Saudiya Arabistoni 2034 yili futbol bo‘yich jahon chempionatini qabul qiladi. Shu bois, saudiyaliklar o‘z milliy terma jamoasini bo‘lajak mundialda kamida yarim finalga etib borishini istayapti.

Tecno

Ana shu maqsadda, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi PSJ sport direktori Luim Kampushni ishga yollamoqchi.

Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, yaqinda Shveytsariyada tomonlar o‘rtasida muzokara o‘tkazildi. Saudiyaliklar Kampush bilan 10 yillik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi va unga ko‘ra, mutaxassisga 200 million evro to‘lanadi.

Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, Kampushning yillik maoshi 20 million evroni tashkil qiladi. Uning asosiy vazifasi Saudiya Arabistonini 2034 yilgi jahon chempionatining yarim finaliga etib boradigan darajada shakllantirishdan iborat bo‘ladi.

Shartnomada muayyan muddatlarda qo‘lga kiritilishi talab etiladigan shartlar kiritilgan.

Portugaliyalik mutaxassis saudiyaliklarning taklifiga 2025 yilning 31 dekabriga qadar javob qaytarishi so‘ralmoqda.

Kampushning o‘zi hali shayxlar taklifiga javob berishga shoshilmayapti. U PSJdagi ishini davom ettirmoqchi. Biroq klub rahbariyati yangi bitim bo‘yicha u so‘rayotgan maoshni bermoqchi emasligi sababli muzokara to‘xtab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
04/03/2025 09:54
Доллар ҳам бизнинг сўмга ўхшаб қадрсиз бўлиб қоладими дейман