Sardorlik bog‘ichi Brunudan olib qo‘yiladimi? Ten Xag bu savolga javob berdi

  • 9 mart, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag APLning o‘tgan turida safarda “Liverpul”dan (7:0) uchralgan sharmandali mag‘lubiyat haqida gapirar ekan, Brunu Fernandeshdan sardorlik bog‘ichi olib qo‘yilmasligini ta’kidladi.

Tecno

“Yo‘q. Biz bir qayiqdamiz - biz birga g‘alaba qozonamiz va birga yutqazamiz. Yakshanba kuni biz tartibsiz harakat qildik va buni tezroq hal qilishimiz kerak.

Ha, albatta. Sardorlik bog‘ichi Brunuda qoladi. O‘ylaymanki, u ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda va u bizni hozirgi holatga kelishimizda katta hissa qo‘shdi. U jamoa uchun ilhom manbai. Har bir inson xato qiladi va ulardan saboq oladi. Men o‘rganishim kerak, u ham o‘rganadi.

U aqlli. Garri [Maguayr] o‘ynamagan paytda u bizning etakchimiz va sardorimiz ekanligidan juda xursandman”, - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!