Sardor Azmun "Bayer"ni tark etishi mumkin

  • 19 iyun, 2023, 15:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronlik hujumchi Sardor Azmun joriy transfer oynasida “Bayer”ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Kicker" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Sardor yozda jamoani tark etsa, klub hujum chizig‘iga yangi o‘yinchi izlay boshlaydi.

Azmun 2022 yilning yanvarida Leverkuzen jamoasiga o‘tgan edi. Uning transferi uchun "Bayer" "Zenit"ga 2,5 million evro to‘lagan. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning o‘rtalarigacha hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 28 yoshli osiyolik futbolchi Bundesligada 23 ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!