
Sanjar Qodirqulov, Oleg Zoteev va boshqalar yoxud Pro liga 14-turini o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ro‘yxati! (Foto)
Bugun Pro-ligada 14-tur bahslari start oladi.
O‘zPFL matbuot xizmati ushbu bellashuvlarni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Jasur Jumaev ("Xorazm"), Mirkomil Lokaev, Diyor Qahramonov, Sayyodbek Davronov (uchalasi ham "Yunired"), Ivan Solovev, Sanjar Qodirqulov va Oleg Zoteev (barchasi "Lokomotiv") 14-turda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bugunga ikkita o‘yin belgilangan. "Qo‘qon-1912" o‘z uyida "Yunired"ni qabul qilsa, "Dinamo" Samarqandda "Navbahor-Farm" bilan kuch sinashadi. Ikkala bahs ham 19:00 da start oladi.
Fikrlar