
Sane "Liverpul"ning taklifini nega rad etdi?
"Liverpul" klubi "Manchester Siti" vingeri Leroy Saneni sotib olish istagini bildirgan. Bu haqda Sport Bild nashri futbol bo‘limi boshlig‘i Kristian Falk gapirib o‘tdi.
“Mersisaydliklar germaniyalik futbolchiga yozda “Enfild”ga ko‘chib o‘tishni taklif qilishgan, ammo undan rad javobini olishgan. U “Siti” muxlislarini sotib ketishni xohlamadi”, - deydi Falk.
Sanega “Bavariya” hamon asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda. Uning hozirgi transfer narxi esa 80 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar