
Sane "Bavariya"da qaysi raqamda o‘ynaydi?
"Bavariya" klubi rahbariyati "Manchester Siti" vingeri Leroy Sanening transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, myunxenliklar nemis futbolchisiga 10-raqamni va’da qilishmoqda. Aytish kerakki, ayni damda ushbu raqam Filippe Koutinoga tegishli. Ammo, ijarada to‘p surayotgan braziliyalik futbolchi mavsum yakunlangach “Barselona”ga qaytib ketadi.
Bungacha esa “Bavariya”da 10-raqamda uzoq yillar Aren Robben harakat qilgan edi.
24 yoshli Sanening “Siti” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi va u yaqinda ushbu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha “shaharliklar”ning taklifini rad etdi.
Fikrlar