Sane "Bavariya" bilan qancha muddatga shartnoma imzolaydi?

  • 24 may, 2020, 11:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi vingeri Leroy Sane tez orada “Bavariya” futbolchisiga aylanadi.

Tecno

Italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, 24 yoshli germaniyalik futbolchining agenti Fali Ramadani myunxenliklar bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar allaqachon imzolanadigan shartnoma muddati bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra Sane “Bavariya” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Leroy Sane joriy mavsum “Manchester Siti”da bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!