
Sanchoning MYudagi maoshi ma’lum bo‘ldi
"Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchi "qizil iblislar" bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Sancho MYu bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning haftalik maoshi esa 250 ming funtni tashkil qiladi.
Ayni damda klublar muzokaralarni davom ettirmoqda. Nemis klubi xavbeki uchun talab qilayotgan 120 million evro tovon pulini mankunianliklar bo‘lib to‘lashni taklif qilmoqda.
Fikrlar