Sanches yana MYu ga qaytadi

  • 28 yanvar, 2020, 18:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Inter” safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach yana “Old Trafford”ga qaytadi.

Tecno

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” yangi 2020/21 yilgi mavsumda chililik futbolchiga o‘zini ko‘rsatishi uchun yana bir imkon berishmoqchi. Qayd etish lozimki, “neradzurrilar”da Sanchesni sotib olish huquqi mavjud emas. Ijara muddati esa yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Aleksis joriy mavsum A Seriyada 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!