
Sanches MYuni tark etishdan bosh tortdi
"Manchester Yunayted" forvardi Aleksis Sanches jamoani tark etishni istamayapti.
Avvalroq, jamoa bosh murabbiyi Sulsher rejalariga Sanches kirmayotganligiga sha’ma qilgan va zaxirada qolib ketish ehtimoli borligini yashirib o‘tirmagan.
Shuningdek, yaqindagi mashg‘ulotlardan birida chililik "qizil iblislar"ning yosh iqtidor egasi Meyson Grinvud bilan to‘p uchun kurash olib borgan. Ushbu vaziyatda, yosh xujumchi Sanchesga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Shundan so‘ng mojaro kelib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchiga "Roma" klubi qiziqish bildirgan va uni ijaraga olishni istayotgan edi.
2018 yilning boshida, Sanches "Arsenal" klubidan MYu safiga kelib qo‘shilgan.
Fikrlar