
Sanches "Inter" safidagi debyut golini urdi va shu o‘yinning o‘zida qizil kartochka oldi
Bugun Italiya A Seriyasining 6-turida “Inter” safarda “Sampdoriya”ni 3:1 hisobida engdi.
E’tiborlisi, shu kuni chililik hujumchi Aleksis Sanches “neradzurrilar” safida debyut golini urdi. Biroq, u 46-daqiqada simulyatsiya sabab hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilib, maydondan chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz, Sanches “Inter” safiga yozgi transferlar davrida ijara asosida “Manchester Yunayted”dan kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar