Samvel Babayan "Andijon" haqida: "Hamma vaziyatda murabbiyning imzosi ko‘rindi"

  • 14 aprel, 2023, 23:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Andijon” (1:0) bellashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklar ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.

Tecno

“Hammaga xayrli kech. “Navbahor” va “Andijon” o‘rtasidagi o‘yinlar klublarning qanday o‘rindaligidan qat’iy nazar derbi maqomida doim qizaqarli bo‘lib kelgan. Bugun ko‘plab muxlislar tashrif buyurishganini ko‘rdik. Mehmonlardan ham muxlislar kelishdi. Ishqibozlarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Oldingi muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng g‘alaba juda muhim edi. Yigitlar ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarimiz bugungi o‘yindan xursand bo‘lib ketishdi.

Bizda ikki nafar sof hujumchimiz bor edi. Ba’zida vaziyatga qarab ularning joyini o‘zgartirib turamiz. Bizda bunday taktik sxemamiz bor. Oldin ham bu kabi sxemani sinab ko‘rganmiz. Bugungi o‘yinda ikkala hujumchilarimiz o‘z o‘yinini oqlashdi. Hujumda tajovuzkor va raqibga o‘z jarima maydonida muammolar yaratib berishdi.

Raqib jamoani ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Hamma vaziyatlarda murabbiyning imzosi ko‘rindi. Raqib ham chiroyli o‘yin namoyish etdi. Himoyadan chiqishda sifat bor, uzatmalar amalga oshirilmoqda. Asosiysi, chempionatni chiroyli o‘yinlari bilan bezamoqda. Yana bir bor o‘zimizning yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular hammasini yaxshi bajarishdi. Biroz tushkunlikdan chiqib olish uchun bu g‘alaba muhim edi. Chempionat endi boshlandi, hali kurash oldinda. O‘yinni tahlil qilib chiqamiz va ishlashda davom etamiz”, - dedi Babayan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!