
"Sampdoriya"ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun Eldor Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?
"Jenoa" A Seriya 25-turidan o‘rin olgan uchrashuvni turnir jadvali o‘rtalaridagi "Sampdoriya"ga qarshi o‘tkazdi. "Luiji Ferarris" stadionida o‘tgan o‘yin mezbonlarning kichik ustunligida o‘tganiga qaramay, yakunda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Mezbonlar safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov 82 daqiqa davomida harakat qildi va o‘yin yakuni arafasida zaxiraga olindi. Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored.com" nashri esa hamyurtimizning harakatlarini 6,8 ball bilan baholadi. Bu "Jenoa"ning bugungi o‘yini uchun o‘rtacha ko‘rsatkich hisoblanadi. To‘g‘ri, u gol ura olmadi, biroq o‘yinda bajarilgan foydali ish koeffitsienti jihatidan u bunga loyiq edi.
Fikrlar