Saloh yosh futbolchini tan olgisi kelmadi

  • 20 dekabr, 2020, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” etakchisi Muhammad Saloh bosh murabbiy Yurgen Kloppning “Midtyullann”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Trent Aleksander-Arnoldga sardorlikni topshirganidan norozi bo‘lmoqda.

Tecno

Chempionlar ligasining o‘sha uchrashuvida liverpulliklar asosan zaxira tarkibi bilan o‘ynadi. Tajriba bobida boshqalardan ustun bo‘lgan Muhammad Saloh maydonga tushganiga qaramay, ilk bor sardorlik vazifasi 22 yoshli Trentga topshirildi. Misrlik futbolchiga bu ma’qul kelmadi.

- To‘g‘risini aytsam, hayron qoldim. Aslida men sardorlik qilishimga ishongandim. Lekin murabbiyning qarori boshqacha bo‘ldi. Uni qabul qilishga majburman, - dedi Muhammad Saloh.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
21/12/2020 13:33
Клопп билиб ишини килади
Салох санам майда гап бомасдан билиб иш кивур