Saloh: "Ushbu sovrinni halqim uchun qo‘lga kiritishni istayman"

  • 10 may, 15:59
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhammad Saloh Misr xalqi uchun "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishni xohlashini ma’lum qildi.

- Sizningcha, "Oltin to‘p" uchun kurashda Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlik rol o‘ynaydimi?

Tecno

- Bu mening ixtiyorimda emas, lekin bir kun kelib xalqim uchun "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishni istayotganim aniq. Misr qishlog‘idan bo‘lsangiz, bolalikda "Oltin to‘p" haqida orzu qilish qiyin. "Liverpul"ga o‘tganimda, ehtimol bir kun kelib bu amalga oshar, deb o‘ylay boshladim. Lekin uni qo‘lga kiritmasam ham, faoliyatim baribir muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Men atigi 32 yoshdaman, so‘nggi yillarda bir nechta g‘oliblar o‘ttiz yoshlardan oshgandi. Demak, kim biladi? Bundan tashqari, keyingi mavsum juda qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda: "Liverpul" bilan chempionlik unvonimizni himoya qilamiz va Chempionlar Ligasida, Misr bilan esa Afrika Kubogida va umid qilamanki, jahon chempionatida ishtirok etamiz. Mening intilishlarim sizga ma’lum.

- Qanaqa intilishlar?

- Yuqorida aytib o‘tgan barcha sovrinlarni yutish, - deya kulib javob berdi "Liverpul" va Misr terma jamoasi qanot hujumchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!