
Saloh Maykl Ouenning rekordini takrorladi
"Liverpul" kecha APLning 29-turida "Bornmut" (2:1) ustidan zafar quchdi. Uchrashuvda g‘alaba keltirgan gollarning biriga Muhammad Saloh mualliflik qildi.
Shu tariqa misrlik futbolchi joriy 2019/20 yilgi mavsumdagi gollari sonini 20 taga etkazib oldi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra Saloh shu tariqa ketma-ket 3 ta mavsum “Liverpul” safida 20 tadan kam gol urmagan Maykl Ouenning rekordini takrorladi.
Fikrlar