
Saloh "Liverpul"ga bosim qilyapti
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh hali ham klubda qolishga umid qilmoqda.
Yaqinda bergan intervyusida misrlik futbolchi ochiqchasiga klubni tark etishi mumkinligini aytib o‘tdi. Uning shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadi.
Jurnalist Santi Aunaning ma’lumotiga ko‘ra, ommaga bildirilgan bayonotlarga qaramay, Saloh hali ham shartnomani uzaytirishni va "Liverpul"da o‘ynashda davom etishni afzal ko‘radi. Yulduz hujumchi bu gaplari bilan "qizillar" rahbariyatiga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.
Ma’lumki, vaziyatni PSJ vakillari yaqindan kuzatmoqda va ular allaqachon Salohning agentlari bilan bog‘langan. Shuningdek, 32 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Fikrlar