Saloh bu jamoaga o‘tsa, Evropada eng katta maosh oladigan futbolchiga aylanadi

  • 3 dekabr, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” etakchi hujumchisi Muhammad Salohga hali ham yangi bitim taklif qilgani yo‘q. Misrlik forvardning talabi klub xo‘jayinlariga to‘g‘ri kelmayapti.

Tecno

Bu jarayon tufayli 32 yoshli to‘purarning xaridorlari ko‘payib ketdi. Xususan, “Pari Sen-Jermen” Muhammad Salohni olishga jiddiy bel bog‘lagan.

El Nacional nashrining yozishicha, Parij superklubi prezidenti Nasser Al-Xelaifiy Salohni olib kelish uchun xarajatdan qochmasligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, PSJ xo‘jayini Muhammad Salohga yiliga 40 million evro atrofida maosh to‘lashini ma’lum qildi.

Agar “Liverpul” yulduzi PSJ taklifini qabul qilsa, Evropada eng katta maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

32 yoshli to‘purarning o‘zi hali Evropa miqyosida yuqori darajada o‘ynashni davom ettirmoqchi. Shu bois, u Saudiya Arabistoni va AQShdan bo‘layotgan chorlovlarni qabul qilmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!