Saloh bir gol bilan katta rekord o‘rnatdi

  • 7 may, 2023, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 35-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Brentford”ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qog‘ondi.

Tecno

Mezbonlarga ketma-ket oltinchi g‘alabani keltirgan golga Muhammad Saloh mualliflik qildi. Bu gol misrlik futbolchiga katta rekord olib keldi.

Muhammad Saloh barcha turnirlarda “Enfild”da ketma-ket to‘qqizta to‘p kiritgan birinchi futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord Luis Suaresga tegishli bo‘lib, urugvaylik hujumchi uy uchrashuvlarida qatorisiga sakkiz marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Ta’kidlash joizki, “Liverpul” 1892 yilda tashkil etilganini inobatga olsak, Muhammad Salohning rekordi qanchalar ahamiyatli ekani oydinlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!