Saloh APLning mavsumdagi so‘nggi turida "Liverpul"ga yordam berishi mumkin
"Liverpul" klubi forvardi Muhammad Salo APLning 38-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Ingliz nashrlarining yozishicha 26 yoshli misrlik futbolchi 12 may kuni bo‘lib o‘tadigan ubu o‘yinga umumiy guruh bilan birga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saloh premer-liganing o‘tgan turida "Nyukasl"ga (3:2) qarshi bahsda jarohat olgan va “Barselona”ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL yarim final javob bahsini o‘tkazib yuborgan edi.



Fikrlar