
Sakkizta gol Mbappeni eng qimmat o‘yinchiga aylantirdi
Transfermarkt portali Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatidan keyin musobaqada ishtirok etgan futbolchilarning yangi transfer summalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, jahon chempionatida sakkizta gol bilan to‘purarlar bahsida g‘olib chiqqan Kilian Mbappe dunyoning eng qimmat o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
PSJ hujumchisining narxi 20 million evroga qimmatlab, endi 180 million evroni tashkil qilyapti.
Jahon chempionati qatnashchilari orasida eng qimmat o‘yinchilar uchligiga Angliya terma jamoasi o‘yinchilari - 110 million evroga baholanayotgan Jud Bellingem va 100 million evro turadigan Bukayo Saka ham kiritildi.
Fikrlar