Saken Polatov: "O‘zbekistonda ham promouterlik kompaniyasi tashkil etiladi"

  • 2 aprel, 2021, 19:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, AIBA prezidenti Umar Kremlyov yurtimizga tashrif buyurgan edi. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida jahon boks rahbari hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Saken Polatov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Tecno

Mazkur tadbir davomida Saken Polatov promouterlik kompaniyasi tashkil etilishi borasida savolga ham javob berdi. 

- Saken Jetiboevich, ehtimol, yurtimizda ham qudratli promouterlik kompaniyasining tashkil etish vaqti kelgandir. Chunki, O‘zbekistonda havaskor boksda yaxshi natija qayd eta olmagan yoki uslubi bu yo‘nalishga tushmagan, ammo professional boksda yaxshi natijalar qayd eta oladigan iste’dodlar talaygina topiladi. Birgina Qudratillo Abduqahhorov bunga misol bo‘la oladi. Promouterlik kompaniyasi tashkil etilishi ana shunday iste’dodlarni kashf etishga sabab bo‘lardi. To‘g‘ri, professional boks federatsiyasi alohida tashkilot. Biroq, siz shunday nufuzli professional boks oqshomiga bosh-qosh bo‘lyapsiz, qolaversa, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotganingiz uchun ham ushbu savolga javob bera olsangiz kerak?

- To‘g‘ri, yurtimizda mahoratli bokschilar juda ko‘p. Biroq, barchasi ham havaskor boksda o‘z o‘rnini topib keta olmaydi. Chunki raqobat juda kuchli. Shubhasiz, havaskor boksda natija qila olmasa-da, professional yo‘nalishda Qudratillo Abduqahhorov hamda Shohjahon Ergashev kabi yaxshi natijalar qayd eta oladigan yoshlarimiz bor. Biz O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bilan hamkorlikda promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqchimiz. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu borada harakatlar boshlanib ketgan. O‘ylamanki, tez orada bu voqelik ham amalga oshadi va mahoratli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularning professional boksda o‘z o‘rnini topishda yordam beramiz. Buning uchun jahonning ko‘zga ko‘ringan promouterlik kompaniyasi "Mir boksa" bilan yaxshi aloqalarimiz bor. Nasib qilsa, tez orada ushbu rejalarimiz ham amaliy ifodasini topadi. 

saken aka1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!